Asosiy matnga oʻtish
Qidiruv

Haqida

Biz kimmiz

UFQ – birlamchi manbalarni oʻzbek tilida oʻqib, bugungi savollarni islom va Markaziy Osiyo tafakkur tarixi orqali tushuntiradigan tahririyat.

  • tarixiy-koʻngilochar kanal emas
  • diniy hukm va aqida bahsi kanali emas
  • manbasiz “buyuk ajdodlar” romantikasi emas

Ustunligimiz: koʻp tilli jamoa, birlamchi manba, tarjima jarayonining ochiqligi, qiyosiy tahlil va ismli mualliflar.

Tahririyat tamoyillari

  1. i.مصدر

    Manbasiz daʼvo yoʻq.

    Har tarixiy yoki sivilizatsion daʼvo ostida asar, bob yoki bet, nashr turadi. Tarjimada – tarjimon.

  2. ii.بيان

    Tushuntiramiz, fatvo bermaymiz.

    Aqidaviy hukm va diniy norma chiqarilmaydi. Matn nima deyishini ochamiz, nima qilish kerakligini aytmaymiz.

  3. iii.إنسان

    Mutafakkir – inson.

    “Birinchi boʻlib”, “…ning otasi”, “Gʻarbdan oldin”, “eng buyuk daho” – manba aynan shuni aytmasa, yozilmaydi. Xato va bahs ham koʻrsatiladi.

  4. iv.موعد

    “Yaqinda” yoʻq.

    “Davomi bor”, “Kuzatib boring”, “kelgusida” oʻrniga – aniq kun. Davomi yoʻq boʻlsa, vaʼda ham yoʻq.

  5. v.حدود

    Kun siyosati emas.

    Bugungi siyosat, xalqaro mojaro va kundalik bahs kanal maydoni emas. Bugungi savol – faqat manba orqali.

  6. vi.أدب

    Tanqid, istehzo emas.

    Tarjima yoki nashr tanqid qilinadi – dalil bilan. Shaxsiy haqorat, masxara va shov-shuv brend ovoziga kirmaydi.

  7. vii.توقيع

    Har matnni inson imzolaydi.

    Sunʼiy intellekt qoralamasi inson tahririsiz chiqmaydi. Tarjimon yoki tayyorlovchining ismi koʻrsatiladi.

  8. viii.تصحيح

    Xato – ochiq tuzatiladi.

    Xato topilsa, jim oʻchirilmaydi: alohida tuzatish posti chiqadi va asl postga havola beriladi.

Aloqa

Telegram kanal: @ufq_horizon