Asosiy matnga oʻtish
Qidiruv

Iqtibos · Boshqani qanday tushunamiz?

Abu Rayhon Beruniy, “Hindiston” · 153-bet

“Kimyogarlik sanʼatiga ega boʻlgan kishilar sanʼatlarini odamlardan bekitishga urinadilar va bu sanʼatga ahl boʻlmagan kishidan qochadilar. Shuning uchun hindlarning bu sanʼatda tutgan yoʻllarini va u yoʻllardan qaysi asl va asosga… murojaat qilishlarini bilolmadim.”
Abu Rayhon Beruniy“Hindiston” · 153-betkanalda, 30-sentabr

Ulashish

Iqtibos kartasi, 1080×1350: Abu Rayhon Beruniy, “Hindiston” · 153-bet
Yuklab olish – 1080×1350Telegram, Instagram posti uchun
Iqtibos kartasi, 1200×630: Abu Rayhon Beruniy, “Hindiston” · 153-bet
Yuklab olish – 1200×630Havola kartasi (og:image)

Kanaldagi post, 2026-yil 30-sentabr →

Boshqani qanday tushunamiz? – mavsumning boshqa iqtiboslari

“Ahmoqlik, davosi yoʻq bir kasallikdir; shundayki, ularning eʼtiqodicha, dunyoda oʻz yerlaridan boshqa yer yoʻq, oʻz jinslaridan boshqa xalq yoʻq, oʻz boshliqlaridan boshqa podshohlar yoʻq, oʻzlaridagidan boshqa ilm yoʻq va dinlaridan boshqa din yoʻqdir. Oʻzlarini yuqori tutib, bemaʼni harakat qiladilar va kibrlanib bilimsiz qoladilar. … Agar ular safarga chiqib, boshqalarga aralashsalar, oʻz fikrlaridan qaytar edilar.”
Abu Rayhon Beruniy“Hindiston” · 35-betkanalda, 19-sentabrAlohida sahifa →
“Oʻziga xos tili boʻlgan turli millat kishilaridan kimga uchrasam, hisob darajalarning ismlarini surishtirdim. Ular arablar singari minglar xonasidan qaytar ekanlar. Bu eng toʻgʻri yoʻldir. … Ammo hindlar minglar xonasidan oʻtib turlicha ism ishlatadilar. … hindlardan baʼzi kishi, ‘Parordhaning narigi tomonida oʻn toʻqqizinchi daraja bor, u Bhoʻri deb ataladi, soʻngra uning narigi yogʻida son yoʻq’, deydi. Holbuki, son nihoyatlanmaydi. Faqatgina unda ishlatiladigan ism cheklanadi.”
Abu Rayhon Beruniy“Hindiston”kanalda, 20-sentabrAlohida sahifa →
“Ora uzuqligining sabablaridan yana biri shuki, hindlar urf va odatlarda bizga qarama-qarshilar; hatto, bizning kiyim-kechaklarimizni, shaklimizni bolalariga koʻrsatib, ularni qoʻrqitishgacha ham boradilar; bizni shaytonga … nisbat beradilar. [Aslda] bu nisbatni hindlar bizga qarata aytgan boʻlsalar ham, boshqa xalqlarga ham ishlataveradilar.”
Abu Rayhon Beruniy“Hindiston” · 34-betkanalda, 21-sentabrAlohida sahifa →
“Hindlarning ilmlarini bekorchi narsalardan tozalaydigan bunday kishilari yoʻq … Shuning uchun ularda taqlidchilik kuchli va shu sababli ular haqida mana shularni aytaman: ularning kitoblaridagi hisob va turli taʼlimotlarni sopolga aralashtirilgan sadafga yoki tezakka qoʻshilgan durga yoki mayda toshlarga qorishtirilgan billurga oʻxshataman. Ularning oldida ikkala jins barobar; chunki ular yuqori darajali dalillar bilan asoslanmaydilar.”
Abu Rayhon Beruniy“Hindiston” · 37-betkanalda, 22-sentabrAlohida sahifa →
“Shunday daʼvo Abu Abbos al-Omuliyning ham koʻngliga tushgan va “Qibla dalillari” nomli kitobida Quyosh yilini uch yuz oltmish besh kun gumon qilib, Quyoshning yuz yetmish yettita chiqadigan va botadigan joyi bor degan. Yaxshi bilmagan narsaga uringan kishi sharmanda boʻladi.”
Abu Rayhon Beruniy“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” · 294-betkanalda, 23-sentabrAlohida sahifa →
“Men bunda hindlar soʻzini oʻzicha yozaman; ularning yunonlar bilan yaqinliklari borligini bildirish uchun unga yunonlarning shu xildagi soʻzlaridan qoʻshaman. Chunki yunon faylasuflari haqiqatni bayon qilishga urinsalar ham, avom xalqqa tegishli tushunchalarda ularning eʼtiqodlari va shariatlaridagi ishoratlaridan chetga chiqa olmaydilar.”
Abu Rayhon Beruniy“Hindiston” · 28-betkanalda, 24-sentabrAlohida sahifa →
“Men bulardan bilimim yetganlarini bayon etaman, aniqlab bilmagan va u haqda ishonchli kishilardan menga biron maʼlumot yetib kelmagan narsalarni bayon etishga urinmayman.”
Abu Rayhon Beruniy“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” · 79-betkanalda, 25-sentabrAlohida sahifa →
“Brahmagupta bunday degan: ‘…Yerning hamma tomonida ham sharoit bir xildir. Yer ustidagi hamma kishilar oʻzlarini yuqorida turamiz, deb hisoblaydilar. Yerning narsalarni tutib, saqlab turishi tabiiy boʻlganidek, ogʻir narsalarning Yerga tushuvi ham tabiiy. Suvning tabiatida oqish, olov tabiatida kuydirish, yel tabiatida qoʻzgʻotish bor; biron narsa Yerdan tushib ketmoqchi boʻlsa, qani, tushib ketaqolsin-chi, Yerdan boshqa quyilik yoʻq-ku.’”
Abu Rayhon Beruniy“Hindiston” · 214-betkanalda, 26-sentabrAlohida sahifa →
“…Brahmaguptaga qaragin, ular orasida u astronomlik sohasida fozillardan hisoblanib, oʻzi ham brahmanlardan edi. Brahmanlar esa, puronalardan Quyoshning Oydan pastda boʻlishini … oʻqiydilar. Brahmagupta haqiqatni qabul qilmay, uni buzuvchiga yordamchi boʻldi. Ehtimol, ularga qattiq gʻazablanishga, ularni kamsitishga andisha qilgani yoki oʻlim dahshatidan qoʻrqib, ixtiyorsiz boʻlishi ham mumkindir.”
Abu Rayhon Beruniy“Hindiston” · 378-betkanalda, 27-sentabrAlohida sahifa →
“Agar brahmanlar tutilish vaqtida ibodat qilish yoki boshqa marosimlarni oʻtkazishga tayinlangan boʻlsalar ham, tutilish vaqti ularning ibodatlari vaqti uchundir, lekin ibodatlari tutilish uchun emasdir, [bu esa] Quyoshning [ufqqa nisbatan] vaziyatlariga va yorugʻlik berishiga qaratib, bizlarda namoz vaqtlarini belgilash va man qilinishiga oʻxshashdir. Garchi Quyosh holati namoz vaqtlarini aniqlashga imkon bersa ham, uning ibodatimizga daxli yoʻqdir.”
Abu Rayhon Beruniy“Hindiston” · 379-betkanalda, 28-sentabrAlohida sahifa →
“Men tutgan yoʻl va belgilagan usul oson emas, balki uzoq va qiyin yoʻldir. Xabar va rivoyatlarga koʻplab kirib qolgan yolgʻon soʻzlarning hammasi ham ravshan emas… Ularning soʻzlarini oʻz holicha qabul etmay, bu soʻzlarning toʻgʻriligini ishonchli bir kitob yoki koʻpchilikning fikri asosida bizni ishontira oladigan biron xabar isbot etsa, shundagina qabul etamiz.”
Abu Rayhon Beruniy“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” · 41 va 50-betlarkanalda, 29-sentabrAlohida sahifa →