Podkast · 1-son
Rol model ustoz. Ta'lim 5.0. Dilara Kamil
UFQ video-podkastining bu sonida xalqaro taʼlim eksperti, “Rol model ustoz” kitobi muallifi Dilara Kamil bilan musulmon olamidagi taʼlim haqida suhbatlashdik.
Zamonaviy “rol model” tushunchasi Sharq anʼanasidagi piri komilga qanchalik yaqin? Nega ustozlik – kasb emas, maqom? Taʼlim 5.0 paradigmasida oʻqituvchining oʻrni qayerda? IX–XII asrlarda daholar qanday muhitda yetishgan? Ibn Sinoning “uchar odam” tajribasi, Gʻazzoliyning riyo haqidagi ogohlantirishi, taʼlim – tarbiya – tazkiya uchligi va taʼdib tushunchasi bugungi oʻzbek maktabiga nima beradi?
Musiqa: OHANG.UZ, “Nasrulloi” (ud). Muqovadagi miniatyura: “Layli va Majnun maktabda”, Nizomiy “Xamsa”sidan varaq, Hirot, 1431–32 (hijriy 835), xattot Jaʼfar Boysunquriy. Metropolitan sanʼat muzeyi, jamoat mulki.
Boblar
- 0:00Kirish
- 0:32Mehmon va kitob
- 2:26Koʻzgu neyronlar va oʻqituvchi taʼsiri
- 5:10Taʼlim 1.0 dan 5.0 gacha
- 15:23Inson boʻlish sanʼati
- 21:04Rol model va piri komil
- 23:40Ustozlik – maqom
- 27:19Hol ilmi va gʻarb ratsionalizmi
- 34:56IX–XII asrlar: daholar davri
- 39:26Ibn Sinoning “uchar odam”i
- 41:43Ekranlar davrida tafakkur
- 44:18Buyuk nomlar va tijorat maktablari
- 47:40Bola, oʻyin va bogʻcha
- 49:14Bobo-buvi maktabi
- 53:07Taʼlim, tarbiya, tazkiya
- 1:00:58Taʼdib: bilimdan odobga
- 1:03:04Oʻzbek taʼlim modeli
- 1:05:37Ikki sivilizatsiya bir qozonda
- 1:09:50Nizomiya va Bagʻdod: ilmda plyuralizm
- 1:14:14Munozara va muomala ilmi
- 1:15:38Yakuniy savol: ulguramizmi?
- 1:18:43Xayrlashuv
